Deputatlar mahalla raislarining vakolat muddatini 3 yildan 5 yilgacha uzaytirish to‘g‘risidagi qonunni birdaniga uch o‘qishda qabul qildi. Spiker oldinda 40 dan ortiq qonun borligini ta’kidlab, hujjatni qabul qilishni tezlashtirishni taklif qildi. Mahalla raislari saylovi may oyida bo‘lib o‘tadi.
Shavkat Mirziyoyev mahalla raisi maktabda tarbiya va davomat masalalari hamda ota-onalar bilan hamkorlik qilishga qiziqmayotganini ta’kidladi. U, shuningdek, hokimlar, yoshlar va ijtimoiy masalaga mas’ul o‘rinbosarlar maktabda ma’naviyat, sport tadbirlarini tashkil etishga e’tiborsiz bo‘layotganini qayd etdi.
Mahallalarning boshqaruv xodimlari soni soliqchi va ijtimoiy xodim qo‘shilishi hisobiga 5 tadan 7 taga ko‘paydi. Mahallaning o‘zida 70 dan ortiq masala, jumladan, moddiy yordam va kreditlar hal etiladi. Tizim esa to‘liq raqamlashtiriladi. Shuningdek, mahalla raisining vakolatlari kengayadi.
Taxiatosh tumanidagi mahallardan birining raisi 31 mln so‘mdan ortiq pulni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Uning bir martalik moddiy yordam pullarini asossiz to‘lagani aniqlangan. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshirish olib bormoqda.
Tarmoqlarda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi mahalla raisi qimorxona ochgani aytilgan xabar tarqaldi. Viloyat mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi rais vakolati muddatidan oldin tugatilganini ma’lum qildi.
Bekobodda MFY raisi mahallasida yashamaydigan va muhtoj bo‘lmagan 26 fuqaroga 101,5 mln so‘m nafaqa tayinlab, 31,6 mln so‘mini to‘lab bergani aniqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting